🟡O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov universitetning Nukus filialiga tashrif buyurdi.
📚 Nukus filialida viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida o‘tkazilayotgan "Do‘stlik uchrashuvi" ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.
✅Yuqori saviyada tashkil etilgan sport musobaqalarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov va filial direktori B.Erimbetov ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
👦"Do‘stlik uchrashuvi" doirasida kurash, mini futbol, stol tennisi, qo‘l kurashi va voleybol sport turlari bo‘yicha do‘stlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
🗣️Musobaqa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda filial talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.