🌎O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti olimlari xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi ilmiy yutuqqa erishdilar.
👦2026-yil 18-oktabr kuni Scopus xalqaro ilmiy bazasida indekslanadigan “Journal of Functional Morphology and Kinesiology” jurnalida “Determining the Level of Reaction to a Moving Object in Combat Sports Athletes Using a Composite Index and Machine Learning: A Cross-Sectional Methodological Study” nomli ilmiy maqola chop etildi.
⚡️Maqola mualliflari:
🧢Vyacheslav Romanenko
🧢Yurii Tropin
🧢Rashid Matkarimov
🧢Georgiy Korobeynikov
🧢Fikrat Kerimov
🧢Lesia Korobeinikova
🧢Shukurjon Gaziev
🧢Olha Zadorozhna
Tadqiqotning asosiy mazmuni:
✅Mazkur ilmiy tadqiqotda 10–25 yoshdagi 312 nafar dzyudo, karate, taekvondo, erkin va yunon-rum kurashi sportchilarining harakatlanuvchi obyektga reaksiya ko‘rsatish aniqligi va barqarorligi o‘rganilgan.
🧠Tadqiqot davomida sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish texnologiyalari asosida sportchilarning reaksiyasini yuqori, o‘rta va past darajalarga avtomatik tasniflovchi model ishlab chiqilgan. Model sinov ma’lumotlarida 91,67 foizlik aniqlik ko‘rsatgan.
🔵Ushbu ilmiy natijalar sportchilarning psixofiziologik tayyorgarligini raqamli baholash va mashg‘ulot jarayonini ilmiy asosda monitoring qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
🎆Universitetimiz olimlarini navbatdagi xalqaro ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!
➡️Maqola bilan tanishish:
https://doi.org/10.3390/jfmk11040431