🟡O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy-tadqiqot markazi tarkibidagi Sport biomexanikasi laboratoriyasi mudiri, p.f.d (DSc), professor Soyib Tajibayev va magistr talalar tomonidan 2024-yilda Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha jahon chempioni Akobir Zoirov ishtirokida zamonaviy biomexanik tadqiqot ishlari olib borildi.
🔬Tadqiqotda Shvetsiyaning Meloq Devices kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan EasyBase kuch platformalari qo‘llanildi.
🔶Ushbu zamonaviy o‘lchov tizimi sportchilarning tayanch-reaksiya kuchi, muvozanat barqarorligi, bosim markazi harakati hamda o‘ng va chap oyoqlarning kuch ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi asimmetriyani obyektiv baholash imkonini beradi.
✅Tadqiqotning asosiy maqsadi sportchining pastki tana segmentlari kuch imkoniyatlarini, sakrash harakatlaridagi biomexanik xususiyatlarini va oyoqlar o‘rtasidagi funksional asimmetriyani aniqlashdan iborat bo‘ldi.
📊Mazkur tadqiqot sportchining individual biomexanik xususiyatlarini ilmiy asosda baholash, mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish hamda sport natijadorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.