🔘2026-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan voleybol va basketbol sport turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining birinchi tur bahslari tashkil etildi.
🏆 Musobaqada universitetning terma jamoasi, shuningdek, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti jamoasi ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi hamda belgilangan tartibda tegishli ballarni qo‘lga kiritdi.
✅Musobaqa talabalarning sport mahoratini oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
💠Barcha talabalarni 2026-yil 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Talabalar ligasi” musobaqasining ikkinchi tur bahslarida faol ishtirok etishga va o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga taklif etamiz!