2026-yil 14-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Giyohvandlik vositalarining yoshlar orasida tarqalishining oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
🗣️Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh. Mirzanov, rektorning talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul maslahatchisi G. Yavkachov, Talabalar turar joyi va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi rahbari T.Djumanov hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
🔶Tadbirni Sh. Mirzanov kirish so‘zi bilan ochib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan yiroq bo‘lish hamda qonunlarga hurmat ruhida yashashga chaqirdi.
🌎Masʼullar tomonidan giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, oilasi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha zarur choralar hamda yoshlarning bunday illatlarga qarshi huquqiy va ma’naviy immunitetini mustahkamlash masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
✔️ Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning sog‘lom hayot tarzini shakllantirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.