✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir guruh professor-o‘qituvchilar mehnati munosib e’tirof etildi.
💬Tantanali tadbirda ustoz va murabbiylarga Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
🎉Mazkur yuksak e’tirof universitet professor-o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya, ilmiy faoliyat va sport sohasini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir.
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan barcha ustoz va murabbiylarni "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!