O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) Bosh ijrochi direktori Tarek Sueiy tashrif buyurdi.
🗣️Martabali mehmonni universitet rektori R. Matkarimov kutib olib, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
📑Uchrashuv davomida universitetda adaptiv jismoniy tarbiya va parasport yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
⚡️Shuningdek, universitetning paralimpiya sporti, inklyuziv sport va adaptiv jismoniy tarbiya yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanishilib, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
🤝Mazkur tashrif O‘zDJTSUning xalqaro paralimpiya tashkilotlari bilan hamkorligini rivojlantirish, para sport sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda inklyuziv sport yo‘nalishidagi aloqalarni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.