🤝Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 1-kurs talabalari o‘rtasida yoshlar orasida zararli odatlarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
📑Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov, Rektorning talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul maslahatchisi G.Yavkachov, profilaktika inspektori R.Narbayev, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi mudiri Sh.G‘ofurov hamda kafedraning 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
✔️Tadbirni Sh.Mirzanov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, turli zararli illatlardan yiroq bo‘lishga hamda qonunlarga hurmat ruhida yashashga chaqirdi.
Tadbir davomida R.Narbayev tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunbuzarliklarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🗣️Shuningdek, kafedra dotsenti Sh.Shadjalilov tomonidan mavzuni yanada kengroq yoritish maqsadida zamonaviy slayd va videoroliklardan foydalanilgan holda talabalarga zararli odatlarning inson salomatligi va kelajagiga ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom hayot tarzining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔴Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.