O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ochiq o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Сhirchiq shahri aholisi va mehmonlari uchun tashkil etilgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎉Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, Vatanga muhabbat va yurtimiz mustaqilligiga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini o‘zida mujassam etdi.
✅Bayram tadbirida taniqli san’atkorlar Hamdam Sobirov, Afruza, Shaxriyor, Doston Ergashev hamda bir guruh san’atkorlar ishtirok etib, o‘zlarining dilbar musiqiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar.
🇺🇿Tadbir davomida yurtimizning tinchligi, xalqimizning birdamligi va farovon kelajagi madh etilib, bayramona kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar hamda turli madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.