Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitet hamda Rossiya regbi federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅Uchrashuvda Rossiya Regbi federatsiyasi bosh direktori Pavel Fedorov hamda direktor o‘rinbosari Bogdan Dubina ishtirok etdi.
🤝Hamkorlik doirasida nimalar kutilmoqda?
Tomonlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda tajriba almashishga kelishib olishdi:
🔘Oliy sport yutuqlari va sport menejmenti;
🔘Sport ilm-fani, tibbiyoti va hakamlik;
🔘Innovatsion texnologiyalar va infratuzilma;
🔘Qo‘shma ilmiy konferensiya va seminarlar.
🚀 Rejadagi asosiy tadbirlar:
🟢O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va o‘zaro musobaqalar;
🟢Talabalar sportini rivojlantirish;
🟢Mutaxassislar uchun malaka oshirish va mahorat saboqlari;
🟢Terma jamoalar va regbi klublarini tayyorlash tizimini kuchaytirish;
🟢Sport delegatsiyalarining o‘zaro ishchi tashriflari.
Mazkur kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlash bilan birga, yurtimizda regbi bo‘yicha professionallarni tayyorlashga xizmat qiladi.