O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bugundan Xalqaro kurash hakamlari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi.
✅Mazkur kursda 10 dan ortiq mamlakatdan 20 nafardan ziyod xalqaro kurash hakamlari ishtirok etmoqda.
✅Malaka oshirish kursiga Xalqaro Kurash Instituti rektori Habibulla Tadjiyev boshchilik qilmoqda. Shuningdek, IKA Bosh kotibi Rizo Nassiri, IKA texnik direktori Ravi Kapur, IKI ekspertlari Kim Eurjung, Ajmal Isʼhaq Zai, Hikmat Qurtov hamda boshqa soha mutaxassislari seminar mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
😃Kurs davomida xalqaro hakamlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish, kurash qoidalarini amaliy jihatdan chuqurlashtirish hamda hakamlik faoliyatining zamonaviy talablarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.