O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 18–23-may kunlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro boks turniri o‘tkazilmoqda.
🥊Mazkur musobaqada Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda yurtimiz sportchilari bilan bir qatorda universitetning boks yo‘nalishi talabalari ishtirok etmoqda. Turnirda jami 230 nafar sportchi qatnashmoqda.
🤝Musobaqalar quyidagi 10 ta vazn toifasida tashkil etilgan:
50 kg, 55 kg, 60 kg, 65 kg, 70 kg, 75 kg, 80 kg, 85 kg, 90 kg va +90 kg.
👦Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘olib sportchilarga “Sport ustasi” unvoni, sovrindor sportchilarga esa “Sport ustaligiga nomzod” unvoni beriladi.
😃Mazkur xalqaro musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizda boks sport turini yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xorijiy davlatlar bilan sport sohasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir.