2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✍️Mazkur yig‘ilish universitet rektori Rashid Matkarimiv raisligida o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Dastlab, rektor R.Matkarimov tomonidan Prezidentimiz raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda davlat rahbari tomonidan belgilangan muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.
⏺Yig‘ilish davomida oldindagi ustuvor vazifalar xususan, Federatsiyalar bilan hamkorlikni yanada oshirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, universitetda haftaning shanba kunini sport kuni sifatida belgilash, sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish va qamrovni oshirish hamda infratuzilmadan samarali foydalanish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi, shuningdek, universitet strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi kabi qator masalalar muhokama qilinib, topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.