2026-yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Birga hayotni saqlaymiz!” shiori ostida beg‘araz qon donorlik aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
👦Mazkur xayriya tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda sportchi talabalari faol va ko‘ngilli ravishda ishtirok etib, inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiluvchi ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.
🗣️Donorlik aksiyasi davomida ishtirokchilar insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat namunalarini namoyon etib, bemorlar salomatligini tiklashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
➡️Bunday xayrli tadbirlar jamiyatimizda saxovat, birdamlik va inson qadri ulug‘lanishiga xizmat qiladi.