Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan iqtidorli talabalar o‘rtasida “Futbolchilarni tayyorlashda o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va pedagogik nazorat qilish samaradorligi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
⏺ Mazkur anjuman futbolning zamonaviy muammolari, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini samarali rejalashtirish hamda innovatsion mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
💬 Anjuman davomida talabalar o‘z ilmiy izlanishlari, tahliliy yondashuvlari va amaliy takliflari bilan faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
✔️ Ushbu ilmiy-amaliy tadbir talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda yurtimiz futboli rivojiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.