✅Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir guruh fidoiy xodimlari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🟢Mirzayev Abdig‘ulom Usanovich - Moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari departamenti boshlig‘i;
🟢Yoldashov Shavkat Sabirboyevich - Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i;
🟢Djumanov Tahir Sattorovich - TTJ va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi direktori.
🔅Taʼkidlash joizki, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” ko‘krak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, yuqori natijalarga erishgan mutaxassislarning xizmatlarini eʼtirof etish va rag‘batlantirish maqsadida beriladi.
💬Mazkur eʼtirof soha xodimlarini yanada masʼuliyat bilan faoliyat yuritishga undashi bilan ahamiyatlidir.