O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sportni boshqarish va turizm fakulteti va Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi hamkorligida “Ogohlik va tinchlik, do‘stona aloqalar hamda ahillik – mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligining asosidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R. Kusherbayev, universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.Ahmedov, Sportni boshqarish va turizm fakulteti dekani A.Tillaxodjayev, Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri N.Xudayberdiyeva, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Ucharshuv ochiq va samimiy muloqot ko‘rinishida bo‘ldi. Talabalar deputatga jamiyatdagi mavjud korrupsion holatlar, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishidagi muammolar va eng asosiysi davlatimiz tashqi siyosati hamda qabul qilanayotgan qaror-u farmonlar mohiyati nimalardan iboratligi, qo‘shni davlatlardagi notinchliklarning bizga qanchalik ta’siri borligi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Deputat R.Kusherbayev yuqoridagi savollarga atroflicha va eng muhimi rasmiylikdan yiroqlashgan holda, soda, hayotiy misollar bilan javob berdi. Shu bilan birga talabalarni ko‘p mutolaa qilishga, faqat birgina tomon axborotini emas balki boshqa tomonning ham axborotlarini o‘rganish, tahlil qilishga chorladi va shundagina bizni hech qanday axboriy kuchlar yenga olmasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zDJTSU axborot xizmati