#Alisher_Navoiy _584_yoshda
#Zahiriddin _Muhammad_Bobur_542_yoshda
Joriy yilning 7-fevral kuni universitet Axborot-resurs markazi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi.
📚Talaba-yoshlar orasida o‘zbek adabiyotining ikki zabardast vakili Navoiy va Bobur ijodini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va “Ma’rifat” targ‘iboti jamiyati a’zosi, “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri, "Shuhrat" medali sohibi Axtamqul Karim mehmon bo‘lib, shoir o‘z ijod namunalarini talabalar bilan bo‘lishdi.
✅Shuningdek, tadbir davomida ikki buyuk siymo Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijod meroslari bilan yaqindan tanishish, ularni chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish yuzasidan fikrlar almashilib, tadbir musiqiy chiqishlarga boy tarzda o‘tdi.