#To‘maris_izdoshlari
✅Bugun, 7-fevral kuni ana shu shior ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida "Toʻmaris izdoshlari" nomli jamoaviy musobaqalar o‘tkazildi.
🎉Universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Eldor Raxmanov tomonidan ochib berilgan musobaqaning ochilish marosimida Sport klubi mas’ullari, bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🏓🪢🏃🏻♀️➡️Talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni yanada yaxshilash va ularni jamoa bo‘lib harakat qilishga undagan ushbu musobaqada talaba-qizlar 10 ta jamoaga bo‘lingan holda, “halqalar orasidan o‘tish”, “arg‘amchida sakrab borish”, “tennis raketkasida tennis koptokchasini olib borish”, “arqon tortish” kabi 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida:
🥇1-o‘rin – “Ladys” jamoasi;
🥈2-o‘rin – “Jasoratli qizlar” jamoasi;
🥉3-o‘rinni esa – “Diamond” jamoasi” qo‘lga kiritdi.
🏅📜🎁Musobaqa so‘ngida esa g‘olib va sovrindor jamoalar bilan birga, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham faol ishtirok etgan jamoalar aniqlandi hamda ishtirokchilarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.