🥊 Boks ilmiy asosda rivojlanmoqda!
🗣2025-yil 29-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Boks nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan “Yakkakurash sport turlarini rivojlantirishning istiqbollari: muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
✔️Mazkur anjumanda Angliya, Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston davlatlaridan bir qator yetuk professorlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
🔺Yurtimizdan esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiylar — professor Qilichev To‘lqin Maxmurovich, professor Qilichev Farrux Komilovich, shuningdek, malakali mutaxassislar va ilmiy izlanuvchilar qatnashdilar.
➡️Tadbirda O‘zbekiston iftixori, havaskor va professional boks yulduzi Murodjon Axmadaliyevning ishtiroki esa anjumanga alohida ruh bag‘ishladi.
📌Anjumanda boks sport turining dolzarb muammolari, ularning ilmiy yechimlari va rivojlanish istiqbollari haqida ilmiy-amaliy fikrlar bildirildi. Mazkur mulohazalar nafaqat mamlakatimiz sport sohasi mutaxassislari, balki horijiy sportchi va murabbiylar uchun ham muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.