✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi (UVA), Ikatan Motor Indonesia (IMI) hamda Federation Internationale de l'Automobile (FIA) a’zosi, shuningdek FIA University (Motorsport Leadership and Management), Motorsport UK: Fire Theory, Registered Marshal Accreditation, Star Rating for Schools (IRAP), Planning and Procuring an IRAP Project va Introduction to IRAP kurslari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega mutaxassis Matkarimova Dilfuza Anvarovna mehmon bo‘ldi.
➡️ Tadbir davomida “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
💠 Uchrashuvda sport tadbirlarini samarali rejalashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish, xavfsizlik tizimini tashkil etish va sport menejmentida zamonaviy yondashuvlar haqida atroflicha fikr almashildi.
⏺ Tadbir ishtirokchilari uchun bu uchrashuv nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba almashish imkoniyatini ham yaratdi.