Universiada – 2025: Yurtimiz sportchilari jahon arenalarida yuksak natijalarga erishmoqda
Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Butunjahon Yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishmoqda.
Dzyudo bo‘yicha -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Navoiy davlat universiteti talabasi Laziza Haydarova bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik raqibi Paulina Shlyaxtani magʻlubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shuningdek, -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan terma jamoamiz a’zosi, Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnоlogiya universiteti talabasi Shukurjon Aminova italiyalik raqibi Juliya Karnani bor-yo‘g‘i 25 soniyada ippon usulida yengib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Taekvondo sporti boʻyicha esa yurtimiz vakillari: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabari Qosimxojiyev Nadjmiddin va Karimboyev Shoxjahon hamda O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Mirabzalova Madina va Azizova Diyora — aralash jamoaviy dasturda finalda Misr jamoasiga qarshi keskin jang o‘tkazishdi va sharafli g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Sportchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!