14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!
📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:
🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.
❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.
📌 Yodingizda bo‘lsin:
✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
📌 Ruxsatnoma my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!