QABUL_2025: Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oltinchi kuni bo’lib o’tmoqda.
📌Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oltinchi kuni o’tkazilmoqda.
📱Bugun abituriyentlar
✔️Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
✔️Sport faoliyati: og‘ir atletika
✔️Sport faoliyati: xokkey
✔️Sport faoliyati: figurali uchish
✔️Sport faoliyati: kik-boksing
✔️Sport faoliyati: suv polosi kabi yo’nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.
📹 Joylardagi imtihon jarayonlarining ochiq va shaffof o'tishi bevosita Sport vazirligi mas'ullari va universitet rahbariyati tomonidan kuzatib borilmoqda.