📆Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialida rektor R.Matkarimov rahbarligida 2025/2026-o‘quv yili uchun bo‘lib o‘tadigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli, ochiqlik, shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✔️Dastlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Erimbetov tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun tayyorgarlik bo‘yicha filialda olib borilgan ishlar hususida ma'lumot berildi.
📌Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibayev hamda rektor R.Matkarimov tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni talabalikka qabul qilish jarayonlari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarini adolatli, ochiq va shaffof tarzda o‘tkazish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.