#sayyor_qabul
✅Ma’lumki, OTM va mahalla hamkorligi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati tomonidan Chirchiq shahar fuqarolari va o‘quvchi-yoshlari uchun sayyor qabullar tashkil qilib kelinmoqda.
✔️Navbatdagi sayyor qabul bugun, 13-iyun kuni universitet rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi rahbariyat jamosi tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan 3-umumta’lim maktabida “Hamza” MFY fuqarolari uchun tashkil qilindi.
✍️ Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda bir qator korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu sayyor qabulda universitet vakillari fuqarolarning turli yo‘nalishdagi 10 dan ortiq murojaatlarini tinglab, ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olib bordi. Shuningdek, ayrim murojaatlarning yechimi yuzasidan mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.