#universitet_hayotidan
#muhim
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” haqida talabalarga keng ma’lumot berishga qaratilgan seminarlar davom etmoqda.
📍Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilayotgan navbatdagi seminarlar universitetning Futbol hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari va talabalari bilan o‘tkazildi.
✔️Unda talabalar nizomda belgilangan grant ajratishning tartibi, shartlari va ularni qayta taqsimlash mexanizmlari to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
NIZOM bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin:
👇👇👇
https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154