#universitet_hayotidan
Shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarining amaliy mashg‘ulot jarayonlari oliygohning tegishli sport inshootlarida o‘tkazilmoqda.
Dastlabki amaliy mashg‘ulotlar kafedra professor-o‘qituvchilari boshchiligida universitetning O‘q otish va Eshkak eshish majmualarida olib borildi.
Mazkur jarayonlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishga keng imkon yaratib, o‘z sport ixtisosliklari bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini oshirishga xizmat qildi.