#Muhammad_Yusuf
#tavalludining_71_yilligi
🏆Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar uchun O‘zbekiston xalq shoiri 📚Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan adabiy darslar tashkil etildi.
📍Ushbu darslarda shoirning boy adabiy merosi, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘usini madh etuvchi asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, Muhammad Yusufning ijodi nafaqat she’riyat olamida, balki yoshlarning qalbida milliy ruh va vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishda ham muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
🇺🇿O‘zbek xalqining qalbidan chuqur joy olgan shoir haqida keltirilgan ma’lumotlar va videoroliklar namoyishi talabalarda katta taassurot qoldirdi.