🔷 2025-yil 13–19-aprel kunlari ular Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tadigan IV divizion musobaqasida o‘z debyutini o‘tkazadi. Quvonarli jihati shundaki, terma jamoa safida O'zDJTSU Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati Xokkey ixtisosligi talabalari Jasurbek Rustamhonov, Vadim Kravchenko, Temur Bagutdinov kabi sportchilarimiz yurtimiz sha'nini himoya qiladilar.
✅ Raqiblarimiz Armaniston, Eron, Quvayt, Indoneziya va Malayziya terma jamoalari bo‘ladi. Ularning barchasi ilgari jahon chempionatlarida ishtirok etgan, yagona debyutant esa – O‘zbekiston.
🏒 Olg'a yigitlar !!! 🇺🇿