#talabalar_bahori_sayli
Bugun, 12-aprel kuni ana shu shior ostida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan “Talabalar bahori” sayli boʻlib oʻtdi.
✅Talaba-yoshlarini birdamlik va hamjihatlikka chorlash, ular orasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat hissini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir oliygoh rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, Sport vazirligi mas’ul xodimi Muqim Arziqulov, universitetning Nukus filiali direktori Bayrambey Erimbetov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
🦺Barchaga koʻtarinki kayfiyat va esda qolarli lahzalarni tuhfa etgan tadbirda milliyligimizni aks ettirgan kuy-qoʻshiqlar, laparlar, talaba-qizlar ishtirokida kelin salomlar aytilgan bo‘lsa, talaba-yigitlar o‘rtasida milliy sport oʻyinlarining arqon tortish, tosh ko‘tarish turlaridan musobaqalar o‘tkazildi. Ayniqsa, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan 7 xil turdagi palovlar tadbir dasturxoniga o‘zgacha fayz bagʻishladi.