#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#ommaviy_sport
✅ Universitet jamoasi tomonidan Qibray tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalarida ommaviy sport bilan shug‘ullanish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning aprel oyi davomidagi sport targ‘ibot tadbirlari faollik bilan davom etmoqda.
⏩Jumladan, mazkur haftada universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport, Suv sporti, eshkak eshish turlari hamda Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari tomonidan navbatdagi ommaviy sport tadbirlari Qibray tumanidagi 13-10, 24-33, 35- va 46-maktablarda o‘tkazildi.
📍 Aytish joizki, mazkur ommaviy sport tadbirlari mahalla yoshlari va o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.