#sayyor_qabul
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Chirchiq shahar “Haydar Maqsudov” MFY fuqarolari va yoshlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
📍OTM va mahalla hamkorligi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur sayyor qabulda universitet mas’ullari mahalla yoshlari uchun oliygohda tashkil etilgan sport to‘garaklari, bepul turk tili kursi faoliyati haqida ma’lumot berib, ularda qatnashish tartibi bo‘yicha maʼlumot berib o‘tdi. Shuningdek, aholi va yoshlar salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida universitetdagi barcha sport inshootlari mahalla fuqarolari hamda o‘quvchi-yoshlar uchun ochiqligi alohida ta’kidlandi.
✔️O‘z o‘rnida mahalla fuqarolari tomonidan yo‘llangan murojaatlar ham tinglanib, ularning yechimi borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.