#hamkorlik
✅Bugun, 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young-Woong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
📍Dastlab tomonlar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilinib, unda universitet rektori Rashid Matkarimov oliygoh haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Koreya ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro 🤝hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.
✔️Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu memorandum o'zida – ta’lim, ilmiy izlanishlar, shuningdek universitetda talabalarga koreys tilini o‘rgatuvchi markaz tashkil qilinishi va sport sohasida turli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishni maqsad qilganligi bilan yanada ahamiyatlidir.
📌Tashrif yakunida faxriy mehmonlar universitet tarix muzeyi hamda hamkorlik doirasida tashkil etilishi kutilayotgan Koreys tilini o‘rganish uchun tashkil qilingan o‘quv auditoriyalari bilan tanishdi.