O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabayev yoshlar bilan muloqot qilishni davom ettirmoqda.
Rektorning navbatdagi uchrashuvi Sportni boshqarish va turizm fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
Mahmudjon Boltabayev ularni qiziqtirayotgan rejalar, qiynayotgan muammolar va amalga oshirishni istayotgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishidi. Xususan, uchrashuv davomida Rektor har bir talaba bilan suhbatlashib, ularni kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqdi.
Samimiy suhbat, ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘z fikr mulohazalrini taʼbir joiz bo‘lsa minnatdorchiliklarini bildrib o‘tishdi.