#talaba_yutuqlari
🥊Joriy yilning 22-fevraldan 3-martgacha Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Strandja” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Ushbu musobaqada To‘lqin Qilichev boshchiligidagi erkaklar terma jamoamiz ishtirok etdi va yakunda sportchilarimiz musobaqani 🥇5 ta oltin, 🥈1 kumush va 🥉2 ta bronza medali bilan yakunladilar.
✅Quvonarlisi, mazkur g‘olib va sovrindorlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti boks ixtisosligi talabalari ham bor. Ular bilan tanishing:
🥇-92 kg: To‘rabek Xabibullayev
🥈-48 kg: Behruz Xoldorov
🥉-75 kg: Javohir Ummataliyev
👏👏Bokschi talabalarimizni g‘alabalar bilan qizg‘in tabriklab, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!