#ilmiy_seminar
✅Kecha, 20-fevral kuni universitetning bir qator kafedralarida talabalar uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etildi.
🏸Jumladan, Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi O‘zbekiston Badminton Federatsiyasi hamkorligida Malayziyalik xalqaro toifadagi mutaxassis, BWF bo‘yicha 2-darajali murabbiy Kamales Sambenthanni ishtirokida badminton ixtisosligi talabalari uchun “Zamonaviy badmintonning bugungi kundagi dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazilib, unda mavzuga oid qiziqarli va qimmatli taqdimot qilindi.
🏀🏐Shuningdek, yana bir ilmiy seminar Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari uchun tashkil etildi. Ushbu seminarda rossiyalik tajribali mutaxassis DUDIN Vladimir Aleksandrovich tomonidan voleybol hakamligi qonun-qoidalari, o‘yinni boshqarish va baholash mezonlari bo‘yicha ma’ruza qilindi.
Aytish joizki, har ikki ilmiy seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.