#mahorat_darsi
Joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikda “Uch oylik intensiv ingliz tili va kurash mutaxassisligi kursi” tinglovchilari uchun XKI ning xorijiy eksperti Ajmal Is’haq Zai ishtirokida uch kunlik mahorat darsining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅Marosimda universitet birinchi prorektori Sh.Mirzanov, IKI rektori H.Tojiyev, xalqaro toifadagi hakam Kim Eur Jung, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri N.Chorshamiyev, IKI mutaxassislari, 25 nafar oflayn hamda Zoom platformasi orqali 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan onlayn kurs tinglovchilari ishtirok etdi.
📍Eslatib o‘tamiz, mazkur mahorat darsi 22-fevralga qadar davom etadi.