#o'rtoqlik_o'yini
🏐Joriy yilning 21-fevral kuni Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi gandbol ixtisosligi talabalari hamda Qozog'istonning Astana jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.
✅Xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilgan mazkur o‘yin talaba-yoshlarning gandbol sport turi bo‘yicha mahoratini oshirish bilan bir qatorda ikki qardosh davlatlar o'rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.