2021 yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabayev Kurash fakultetining talabalari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlarning ta‘limi va tarbiyasidagi muammoli jihatlar, yoshlarning o‘z sohalarini egallashda faollikni aslo qo‘ldan bermaslik kerakligi ta‘kidlandi. Shunigdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, bu talabalarning o‘qish jarayoniga qanday taʼsir ko‘rsatmoqda kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar, hamda kelgusida o‘quv faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy