🏊♂️🚴🏃♂️2025-yil 5-6 fevral kunlari Toshkent shahrida Para triatlon sportining (akvatlon) turi bo‘yicha 13-17 yoshgacha hamda 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
✅ Quvonarlisi, ushbu musobaqada universitetning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Shaxboz Tilavov murabbiyligi ostida shug‘ullangan Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 1-bosqich talabasi Umrbek Shodiqulov va uning juftlikdagi sherigi triatlon ixtisosligi 1-bosqich talabasi Sardorbek Isroilov kattalar o‘rtasida PTVI-2 (tandem) toifa bahslarida 🥇1-o‘rinni egallashdi. Shuningdek, universitet sport klubining "Para triatlon" to‘garagi a’zosi hisoblangan Asadbek Jumaboyev ham PTS-4 toifasida🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa chempionlariga aylanishdi.
👏 Barakalla yigitlar!