#Universiada_2025
#badminton
📆Ikki kun davom etgan musobaqa davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 120 ga yaqin talabalar yakkalik, juftlik hamda aralash dasturlarda g‘oliblik uchun shiddatli bahs olib bordilar. Umumjamoa hisobida esa:
🥇1-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasiga;
🥈2-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasiga;
🥉3-o‘rin – Toshkent shahriga nasib etdi.
🌟Eng quvonarlisi, Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti badminton ixtisosligining 8 nafar talabalari musobaqaning barcha dasturlarida ustunlikka ega bo‘lib, yana bir bor ushbu sport turida tengsiz ekanliklarini namoyon etishdi. Qahramonlarimiz bilan tanishing:
✔️Abror Ne’matjonov
✔️Bekzod Raxmatullayev
✔️Yaxshimurod Bahromov
✔️Firdavs Oqmurodov
✔️Muslima Sultonqulova
✔️Xurshida Yo‘ldoshova
✔️Surayyo Abduqodirova
✔️Shahzoda Xasanjonova
📜🏅🎁Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindorlarga tantanali ravishda medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.