#universitet_hayotidan
Joriy yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 3-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-yigitlar bilan universitet rahbariyati, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda tyutorlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida mas’ullar talabalarga universitet Odob-axloq kodeksi mazmun-mohiyati, pedagogik amaliyot jarayonlari, yakuniy nazorat natijalari, shuningdek, yotoqxona ichki-tartib qoidalari va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oylik to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash hamda turli huquqbuzarliklar, giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar oldini olish va ularning barvaqt profilaktikasiga oid muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.