Joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Talabalar madaniyat saroyida rektor Mahmudjon Boltabayev magistratura talalabari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot tarizida o‘tgan uchrashuvda magistratura talabalari o‘zlarini qiynagan muammolar, taklif va talablarini universitet raxbariyatiga bildirishdi. Rektor talabalarning murojaatlarini eshitib, universitet raxbariyatiga talabalarni ish bilan taʼminlash, taʼlim sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qizg‘in va murosalarga boy bo‘lgan uchrashuv so‘ngida universiteti rektori Mahmudjon Boltabayev barcha magistr talabalariga omad va muvaffaqiyatlar bildirgan holda kelgusi ish va rejalarida zafarlar tiladi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy