#Madhiya
“Qishki va murakkab-texnik sport turlari” fakultetining ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari ishtirokida “Madhiya-milliy g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni fakultet xotin-qizlar Kengashi raisi Z.Rahimova olib bordi.
Unda davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli ekanligi, O‘zbekistonning davlat madhiyasi xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashi, ular maʼnaviyatning eng muhim jihati ekanligi eʼtirof etildi.
Shu bois, “madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz” – deydi fakulteti xotin-qizlar Kengashi raisi Z.Rahimova o‘z nutqida.
Davra suhbati davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talaba-qizlarga fakultet dekanati tomonidan esdalik uchun kitob to‘plamlari sovg‘a qilindi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy