#universitet_hayotidan
Xabaringiz bor, joriy yilning 13-22 noyabr kunlari universitetda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab Antikorrupsiya oyligi e’lon qilinib, uning doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyasiz-hayot” mavzusida rasmlar, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida insholar hamda “Antikorrupsiya bilimdoni” nomli bilimlar bellashuvi kabi tanlovlar o‘tkazilgan edi.
Kecha, 19-dekabr kuni mazkur tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar universitet tashkil etilgan "Yangi yil kechasi" tadbirida mas’ullar tomonidan munosib taqdirlandi.
Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
“Eng yaxshi insho” tanlovida:
1-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi 3-bosqich talabasi Asatullayev Muxsin Alisher o‘g‘li;
2-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi 2-bosqich talabasi Shamilova Barchinoy Kamil qizi;
3-o‘rin hamda 600 ming so’m pul mukofoti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi 2-bosqich talabasi Davlatova Sevinch Erkin qizi qo‘lga kiritdi.
“Eng yaxshi rasmlar” tanlovida:
1-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 2-bosqich talabasi Ibragimova Sevinch Asliddin
qizi;
2-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 2-bosqich talabasi Sobirjonova Moxira Akmal qizi;
3-o‘rin hamda 600 ming so‘m pul mukofoti Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 3-bosqich talabasi Salimova Nozigul Abduqahhor qizi egalladi.
“Eng yaxshi Antikorrupsiya bilimdoni”da;
1-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasining “Diplomat” jamoasiga;
2-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasining “Adolat” jamoasiga nasib etdi.
“Eng yaxshi videoroliklar” tanlovida:
1-o‘rin hamda 1 500 000 ming so‘m pul mukofoti bilan Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 2-bosqich talabasi O‘tkirov Kamron Bobur o‘g‘li;
2-o‘rin hamda 1 200 000 ming so‘m pul mukofoti bilan Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Abdujalilov Samandar Murod o‘g‘li;
3-o‘rin hamda 600 ming so‘m pul mukofoti bilan esa Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Yuldasheva Xurshida Davronbek qizi taqdirlandi.