🇺🇿 Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri taşkil etildi.
🇺🇿 Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, Vatanimiz bayroği yuksaklarga kötarildi va davlat ramziga yuksak ehtirom körsatildi.
🎶 Bayram dasturi davomida talaba-yoşlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, dilrabo taronalar hamda kötarinki ruhdagi musiqiy çiqişlar tadbirga özgaça fayz bağişladi. Şuningdek, milliy sportimiz bölgan özbek jang san'ati sport turi körgazmali çiqişlar yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
🇺🇿 Tadbir davomida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va iftixor tuyğulari tarannum etilib, davlat bayroğimiz xalqimizning birligi, tinçligi, ozodligi va yoruğ kelajagining yorqin timsoli ekanligi yana bir bor namoyon böldi.