#universitet_hayotidan
✅Joriy yilning 23-noyabr kuni universitet Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi mas’ullari tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-qizlarning yashash sharoiti ko‘zdan kechirildi.
📍Jarayon davomida talaba-qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, unda xonalar tozaligi, shaxsiy-gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish borasida tushuntirish va tavsiylar berildi.
🏸🏓Shuningdek, 24-noyabr kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi xotin-qizlar mas'uli hamda Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari bilan birgalikda 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag'ishlab davra suhbati tashkil etilib, unda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish hamda ularning huquq va erkinliklari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.