Joriy yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishning muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman universitetning “Sportni boshqarish va turizm” fakulteti Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Anjumanda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va xorijiy mamlakatlari xususan, Volgograd davlat jismoniy tarbiya akademiyasidan, Ural davlat jismoniy tarbiya universitetidan, Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetidan hamda mamlakatimizning Samarqand davlat universitetidan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligidan, O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat Akademiyasidan, O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasidan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va sportchilar faol ishtirok etishdi.
Anjumanni universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I. Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Anjumanning ilmiy dasturi:
- O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari;
- Zamonaviy sport industriyasi sharoitida sport menejmentining o‘rni;
- Raqamli iqtisodiyot sharoitida sport marketing tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari;
- O‘zbekistonda shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommallashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalarini o‘z ichiga oldi.
Anjuman natijalari bo‘yicha so‘zga chiqqan barcha olimlar, xususan xorijiy olimlarning bildirgan xulosalari va anjuman to‘plamiga kelib tushgan ilmiy maqolalarda bildirilgan taqqoslama tanqidiy tahlillar asosida taklif va tavsiyalar tayyorlandi.