#xon_atlas #milliy_qadriyatlar
✅Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 15-sonli bayonnomasining 18-bandiga asosan har oyning oxirgi haftasi “Milliy liboslar haftaligi” etib belgilangan.
🏆Ushbu haftalik doirasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi tashabbusi bilan oliygoh talaba-qizlarini milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida doimiy ravishda “Milliy liboslar koʻrgazmasi” oʻtkazib kelinmoqda.
🤛Jumladan, bugun, 29-oktabr kuni universitetning Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi sportchi talaba-qizlari serjilo ranglari bilan ajralib turuvchi va milliyligimizni o‘zida jo qilgan atlas va adras matolaridan tayyorlangan liboslarni oʻzgacha yondashuv bilan namoyish qilishdi.